Telegram-bot Virtual qabulxona

28.03.2024

250 MILLION SOʻM NOREAL QARZDORLIK ISTEʼMOLCHILAR FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyat hududiy birlashmasiga koʻp qavatli uylarda yashovchi isteʼmolchilardan koʻplab murojaat kelib tushgan.

Maʼlum boʻlishicha, koʻrsatilmagan pullik xizmatlar uchun hisoblangan noreal qarzdorliklarni undirish maqsadida "SARDOBA OYDIN SERVIS" MCHJ xizmat koʻrsatuvchilari tomonidan Namangan shahar "Sardoba" MFYdagi koʻplab xonadonlarga talabnomalar yuborilgan. Ushbu holat boʻyicha  Namangan  viloyati hududiy birlashma xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, 1202 ta xonadonga xuddi shu mazmunda talabnomalar yuborilganligi aniqlandi.

Talabnomalarga asosan, koʻrsatilmagan xizmatlar uchun 250 000 000 soʻm noreal qarzdorlik hisoblangan. Viloyat  xodimlari saʼy-harakatlari natijasida, noreal qarzdorliklar  "Billing"  dasturidan chiqarildi va isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00