Telegram-bot Virtual qabulxona
about

Faolyatimiz -

1999 yildan
biz kimmiz?

BIZ ISTE`MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH JAMIYATLARI FEDERATSIYASIMIZ

Statistika

  • 00

    Iste'molchilardan kelib tushgan murojaatlar soni

  • 00

    Huquqlari tiklangan iste'molchilar soni

  • 00

    Aholi va tadbirkorlarning iste'mol ma'danyati hamda huquqiy bilimini oshirish bo'yicha tashkil qilingan tadbirlar soni

  • 00

    Iste'molchilar foyidasiga qayta hisob-kitob qilish to'g'risida qaror qabul qilingan mablag' miqdori, ming so'm

Iste'molchimisiz?

Biz huquqingizni himoya qilamiz!

O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

Tarixi

O‘zbekiston Respublikasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish harakati 1996-yil yil 26-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 30 – moddasiga muvofiq 1997-yilda O‘zbekiston aholisini sifatsiz mahsulot va xizmatlardan himoya qilishga o‘z ulushini qo‘shish va o‘z imkoniyatlarini birlashtirishga qaror qilgan bir qator hamfikrlar tashabbusi bilan poytaxtimizning Shayxontohur tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakati O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati shaklida tashkil topdi va 1999-yili Respublika iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu vaqtda respublikamizning 7 ta viloyatida hududiy jamiyatlar tashkil topdi. 2000-yil O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining navbatdan tashqari II s’ezdida jamiyatga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi nomi berildi. Bu vaqtda 9 ta viloyat va Toshkent shahrida jamiyatlar tashkil etilgan edi. Faol iste’molchilarning sa’y-harakatlari tufayli ushbu jamoat tashkilotiga davlat tarafidan alohida e’tibor berilib, qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 28-noyabrdan "Iste’molchilar huquqlarini Himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 414-qarorining qabul qilinishi mazkur ijtimoiy harakat taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. Shu bilan birga, mazkur qaror bilan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi ma’qullandi. 2003-yil 17-yanvardagi federatsiyaning III ta’sis konferensiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Federatsiyasi, Toshkent shahri hamda respublikaning 12 viloyatidagi hududiy birlashmalarni birlashtirdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00