Telegram-bot Virtual qabulxona

28.03.2024

140 MILLION SO'M NOREAL QARZDORLIK ISTE'MOLCHILAR FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Mingbuloq tuman ijro etuvchi apparatiga koʻp qavatli uylarda yashovchi isteʼmolchilardan ko'plab murojaat kelib tushgan.

Ma'lum bo'lishicha, koʻrsatilmagan pullik xizmatlar uchun hisoblangan noreal qarzdorliklarni undirish maqsadida "Ibrat boshqaruv xizmat ko`rsatish kompaniyasi" MCHJ tomonidan Mingbuloq tumani "Qo'riqobod",  "Oybek", "Birlashgan" MFYlardagi ko'plab xonadonlarga talabnomalar yuborilgan. Holat Mingbuloq tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, 265 ta xonadonga xuddi shu mazmunda talabnomalar yuborilganligi aniqlandi.

Talabnomalarga asosan, koʻrsatilmagan xizmatlar uchun 140 000 000 so'm noreal qarzdorlik hisoblangan. Jamiyat xodimlari sa'y-harakatlari natijasida, noreal qarzdorliklar  "Billing"  dasturidan chiqarildi va isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00