Telegram-bot Virtual qabulxona

28.03.2024

Sifatsiz xizmat uchun to'langan pul mablag'i o'z egasiga qaytarildi

20-mart kuni O'zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga Yangi hayot tumanida yashovchi fuqaro A.Z. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro "Dezfarma.uz" dezinfeksiya korxonasining xizmatidan foydalanganligi, ammo koʻrsatilgan xizmat sifatsizligi sabab, hech qanday ijobiy natija kuzatilmaganidan noroziligini bildirgan. 

Ushbu murojaat hududiy birlashma tomonidan o'rganilib, korxona rahbariyatiga tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, sifatsiz xizmat uchun toʻlangan 1 400 000 soʻm iste’molchiga qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00